Gretsiya terma jamoasi mukofot pullaridan voz kechdi

Aziz Tukhtamuradov
29 iyun 2014
Gretsiya terma jamoasi futbolchilari 1/8 finalga chiqqanliklari uchun beriladigan mukofot pullarini mamlakatda yangi sport bazasi qurilishi uchun ajratishni lozim topdilar.
Futbolchilar Gretsiya bosh vaziri Antonis Samarasdan ushbu pullarni milliy terma jamoasi bazasini rivojlantirish uchun ajratishini so'radilar.

"Bizga qo'shimcha bonuslar va pullar shart emas. Biz Gretsiya va uning xalqi uchun o'ynaymiz. Biz ko'p narsa so'ramaymiz. Shunchaki, milliy terma jamoaning uyi hisoblanadigan sport markazini rivojlanishini istaymiz", - deyiladi xabarda.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net