Gomes A Seriyaga qaytishni xohlamadi

Alisher
6 iyun 2021, 11:11
"Sevilya" yarim himoyachisi Alexandro Gomes "Milan" taklifini rad etdi.

O'yinchining agenti Juzeppe Riso uning mijozi hozirgi klubida qolishni xohlayotganini ma'lum qildi.

Argentinalik futbolchining ispan klubi bilan tuzgan shartnomasi yana 3 yilga amal qiladi.

Gomes Italiyada "Kataniya" va "Atalanta" klublari sharafini himoya qilgan. 33 yoshli xavbek yanvarda 5 million evro evaziga Bergamo klubidan "Sevilya"ga o'tgandi.


AlisherMuallif
Manba: Marca