"Gerta" darvozaboni Avstriyadagi yig'in vaqtida begona erkak bilan mushtlashib, uning burnini sindirdi

Sherzod Nurmatov
18 iyul 2023, 13:51
"Gerta" darvozaboni Marius Gersbek jamoaning Avstriyadagi yig'ini vaqtida janjallashib qoldi.

"Sport Bild" xabariga ko'ra, jang 16 iyul, yakshanba kuni yarim tunda "Cell-am-Ze" yo'lida bo'lib o'tgan. Bungacha futbolchini jamoa mehmonxonasida muxlislar bilan ko'rishgan.

Qayd etilishicha, jabrlanuvchi 22 yoshli yigit bo'lib, uning burni va tishi singan. Hodisadan keyin u kasalxonaga yuborilgan, Gersbek esa so'roq uchun policiya bo'limiga olib ketilgan.

"Gerta" futbolchini muddatidan avval Berlinga jo'natib yubordi va bu borada rasmiy bayonot tayyorlamoqda.

28 yoshli Gersbek Berlin klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o'tgan mavsum ikkinchi Bundesligada "Karlsrue" tarkibida harakat qildi va 32 ta o'yin o'tkazdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport Bild