Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Rossiya klubi bilan durang o'ynadi

Tolibjon Qosimov
31 avg 2017, 15:48
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha Rossiyaning "Zik-Urfu" klubiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Ekaterinburgda o'tkazilgan o'yinda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi.

O'rtoqlik uchrashuvi
Ekaterinburg
30.08.2017, 18:00
"Zik-Urfu" - O'zbekiston 2:2
Gollar:
Nikolay Ilin, Gayleb Mayuxin - D.Abdurahmonov, F.Faxriddinov

O'zbekiston: Rustam Umarov, Mashrab Odilov, Anasxon Rahmatov, Feruz Faxriddinov, Ilhom Hamroev, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Davron Abdurahmonov, Davron Choriev, Artur Yunusov, Alan Aminov, Konstantin Sviridov, Timur Sadirov, Husniddin Nishonov.

Ogohlantirish: Evgeniy Kanirov

Eslatib o'tamiz, bu jamoalarning kechagi bahsida Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz