Futzal. Marokash – O'zbekiston o'rtasidagi dastlabki o'rtoqlik bahsida 7 ta gol urildi

Eldor Akmurzayev
8 noya 2022, 09:20
O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi Rabat shahridagi yig'in doirasida Marokash terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Bahodir Ahmedov shogirdlari dastlabki bahsda bitta gol farqi bilan imkoniyatni boy berishdi.

Marokash 4:3 O'zbekiston

Gollar: Sufiyon Charui 12, 19, Anas El Ayane 25, Davron Choriev 26, Ixtiyor Ropiev 28, Sufiyon El Mesrar 37, Husniddin Nishonov 39.

Eslatib o'tamiz, navbatdagi nazorat uchrashuvi bugun - 8-noyabr sanasida bo'lib o'tadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати