Futzal. Dilshod Irsaliev: "Qita chempionatining Toshkentda o'tishi bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi"

Narzulla Saydullayev
6 dek 2015, 11:00
Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga qur'a tashlangach O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Dilshod Irsalievning fikrlari bilan qiziqdik.

"Bizga oson guruh tushgani yo'q. Ammo narigi guruhda Eron borligini inobatga olsak guruhdan faqat birinchi o'rinni olib chorak finalga chiqishimiz kerak".

"To'g'ri Livan va Qirg'izistonga qarshi Osiyo chempionatlarida umuman yutqazmaganmiz. Lekin Livan bilan o'yinlar doim og'ir o'tgan. Qo'shnilarimiz Qirg'izistonga qarshi bahslar ham qiyin kechgan".

"Qita chempionatining Toshkentda o'tishi bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. O'yinlar davomida muxlislarning qo'llab-quvvatlashi bizga katta yordam berishi aniq. Nasib qilsa muxlislarimiz bilan birga Jahon chempionati yo'llanmasini tantana qilamiz", - deydi Dilshod Irsaliev.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia