Furqat O'rolov xotira turniri o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2017, 12:28
Jizzax viloyatining G'allaorol tumanida “G'allaorol” BO'SM tashabbusi bilan Furqat O'rolov xotirasiga bag'ishlangan xotira musobaqasi o'tkazildi.

2005-2006 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida futbol bo'yicha Respublika turnirida 13ta bolalar jamoalari qatnashdi.

1. G'allaorol BO'SM jamoasi
2. “Odil junior” Namangan
3. “Qizilqum” Navoiy
4. Buxoro BO'SM
5. “O'z Dong-Ju” Andijon
6. Andijon BO'SM
7. “Navbahor” Namangan
8.  “Marg'ilon” Farg'ona
9. Yangier futbol internati A tarkib
10. Yangier futbol internati B tarkib
11. Jizzax futbol internati
12. “Lokomotiv  BFK” Guliston
13. Guliston BO'SM

14-18 iyuni kunlari  davom etgan turnirda 200 nafardan ortiq bolalar qatnashdilar. Finalda esa “G'allaorol BO'SM" tarbiyalanuvchilari  haqli rashishda birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rinni esa “Guliston BO'SM” tarbiyalanuvchilari egalladi. Faxrli 3 o'rinni esa “Odil junior” va “Yangier futbol internati” tarbiyalanuvchilari egallashdi.

“Tarbiyalanuvchilarimizda o'yin amaliyoti bo'lishini istaymiz va bu turnirlar, musoboqalarimiz faqat yosh avlodning sportga bo'lgan mehrini oshirish, kelajakda terma jamoalar uchun etuk futbolchilarni etkazib berishga qaratilgan”-deydi G'allaorol BO'SM futbol murabbiyi Baxriddin Rahmonqulov. O'z o'z so'zida kelajakda ko'proq anashunday turnirlarni tashkil etishi haqida ta'kidlab o'tdi. Shu o'rinda “G'allakor ” bosh murabbiyi Urolov Furqat  olamdan o'tgani haqida chuqur taziya bildirishini va uning mehnatlari va xotirasi abadiy ekanligini aytib o'tdi.

Dildora Xolboeva




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia