"Fulxem" Loftus-Chikning transfer huquqini sotib olmoqchi

12 mar 2021, 21:53
Ijara asosida "Fulxem" jamoasi sharafini himoya qilayotgan "Chelsi" futbolchisi Ruben Loftus-Chik London klubida qolishi mumkin.

25 yoshli angliyalik futbolchining ijara shartnomasi joriy yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Fulxem" rahbariyati yozgi transfer mavsumida Rubenning transfer huquqini sotib olishni rejalashtiryapti.

Ma'lumot uchun, Loftus-Chik APLning joriy mavsumida 22 uchrash o'tkazib, 1 ta gol urishga ulgurgan.


Manba: goal.com