Frank Riberi: "Hozir ham katta klub uchun o'ynay olaman"

15 iyun 2019, 19:40
"Bavariya" klubining sobiq yarim himoyachisi Frank Riberi faoliyatini qayerda davom ettirishni istashini aytib o'tdi.

"Men hozir ham o'yinga ochman va yangi jamoamga biror narsa bera olaman deb o'ylayman. O'zimni yuqori darajada deb o'ylaganimda, xuddi shunday bo'ladi. Hech qachon aldamayman. Hlzir ham katta klub uchun o'ynay olaman. O'ylashimga ijozat bering... Yana ikki mavsum o'ynashni istayman. Pul hamma yerda bo'ladi, lekin meni chaqiruv qiziqtiradi", - deydi Riberi.


Manba: goal.com