Fors Ko'rfazi kubogi. Bo'lajak raqibimiz Yaman 1-turda yirik hisobda mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
27 noya 2019, 11:52
Kecha Qatarda hisob bo'yicha 24-Fors Ko'rfazi kubogi start oldi.

Ushbu musobaqada 8ta terma jamoa ikki guruhga bo'lingan holda ishtirok etmoqda.

"A" guruhidan joy olgan dastlabki turda mezbon Qatar Iroqqa 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. JCH-2022 saralashidagi navbatdagi raqibimiz Yaman esa BAAga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Fors Ko'rfazi kubogi.
"A" guruhi, 1-tur.
26 noyabr
Qatar - Iroq 1:2
Gollar:
Abdulaziz Xotam 49 - Muhammad Qosim 19, 27.

BAA - Yaman 3:0
Gollar:
Ali Mabxut 21, 38, 54.
Yaman: Salim Said, Ahmad Sodiq, Mudir Abdurabu, Muhammad Boqshan, Nosir Al Gaxvashi, Essam Al Vorafi (Ahmad Al Xifi, 62), Abdulvasea Al Matari, Omar Al Dahi, Mufid Jamol (Ala Addin Mahdi, 57), Ahmad Al Sarori, Emad Mansur (Manaf Said, 75).




Bugun "B" guruhida 1-tur bahslari bo'lib o'tadi. Ummon Bahrayn bilan kuch sinashsa, JCH-2022 saralashidagi yana bir raqibimiz Saudiya Arabistoni Kuvayt bilan to'qnash keladi.

"A" guruhi, 1-tur.
27 noyabr
Ummon - Bahrayn
Saudiya Arabistoni - Kuvayt





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia