Final. "Navbahor" vs "Nasaf" - qaysi jamoa qimmatroq?

Birozdan keyin O'zbekiston Coca-Cola kubogining hal qiluvchi bahsiga start beriladi.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilarga e'tibor qaratamiz. Samvel Babayan final uchun tanlagan futbolchilarning o'rtacha yoshi 27,5ga teng. Transfermarkt portali "lochinlar"ning asosiy tarkibini deyarli 5 mln evroga baholamoqda.

"Navbahor": 5 mln 100 ming evro

1.O'tkir Yusupov - 31 yosh - 550 ming evro

4.Boyan Ciger - 28 yosh - 300 ming evro

6.Rustam Ashurmatov - 26 yosh - 750 ming evro

10.Jamshid Iskanderov - 29 yosh - 600 ming evro

14.Jamshid Boltaboev - 26 yosh - 400 ming evro

20.Doniyor Abdumannopov - 22 yosh - 250 ming evro

22.Igor Golban - 32 yosh - 400 ming evro

23.Yovan Jokich - 30 yosh - 750 ming evro

24.Davron Hoshimov - 29 yosh - 400 ming evro

32.Zoran Marushich - 28 yosh - 500 ming evro

77.Asadbek Sobirjonov - 22 yosh - 200 ming evro

Ro'ziqul Berdiev maydonga tushirgan o'yinchilarning o'rtacha yoshi esa 25,3 ga teng. Mazkur tarkib "Navbahor"nikiga qaraganda qimmatroq ekan.

"Nasaf": 5 mln 450 ming evro

35.Abduvohid Ne'matov -  21 yosh - 650 ming evro

2.Alibek Davronov - 19 yosh - 200 ming evro

4.Husniddin Aliqulov - 23 yosh - 700 ming evro

5.G'olib G'aybullaev - 26 yosh - 500 ming evro

7.Sharof Muhitdinov - 27 yosh - 550 ming evro

8.Dilshod Saitov - 23 yosh - 400 ming evro

19.Mateus Lima - 29 yosh - 200 ming evro

22.Akmal Mozgovoy - 23 yosh - 550 ming evro

77.Oybek Bozorov - 25 yosh - 800 ming evro

88.Marko Stanoevich - 34 yosh - 300 ming evro

92.Umar Eshmurodov - 29 yosh - 600 ming evro

Ma'lumot uchun, "Navbahor" tarkibida 2 nafar sobiq "ajdar" maydonga chiqarildi: O'tkir Yusupov hamda Igor Golban.

"Nasaf" safida sobiq "lochinlar" yo'q. Asosiy tarkibdan 8 futbolchi jamoa tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.

Ayni paytda maydondagi eng yosh futbolchi "Nasaf" himoyachisi Alibek Davronov, eng tajribalisi 34 yoshli Marko Stanoevichdir. Eng qimmatbaho o'yinchi ham "ajdarlar"dan - Oybek Bozorov (800 ming evro).

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI


Manba: championat.asia