Filippin termasi darvozaboni APL tufayli Osiyo Kubogida jamoasiga yordam bera olmaydi

21 dek 2018, 18:31
Filippin termasi va "Kardiff" jamoasi asosiy posboni Nil Eterij Osiyo Kubogining faqat bitta uchrashuvida ishtirok etadi.

Bu haqida Filippin futbol Federatsiyasi prezidenti Mariano Araneta Football Connection na Radyo Pilipinas 2 dasturida aytib o'tdi.

"Biz Nilning "Kardiff"dagi o'rnini juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u faqatgina birinchi uchrashuvda maydonga tushadi va ortga qaytadi", - dedi Mariano Araneta.

Osiyo Kubogi-2019 dastlabki o'yinida 7 yanvar kuni filippinliklar KXDR termasiga qarshi maydonga tushishadi. 

Eterij mamlakat terma jamoasi safida 62 uchrashuvda maydonga tushgan. Uning o'rinbosarlari Maykl Falkesgaard va Patrik Dejyto mos ravishda 5 va 16 tadan o'yin o'tkazishgan. 

Nil Eterij hozirda APL vakili "Kardiff" klubi sharafini himoya qilmoqda. Ta'kidlab o'tamiz, darvozabon APL 2-turi ramziy termasidan o'rin olgandi. 

"Kardiff" 2019 yilning 1 yanvar kuni "Tottenxem", 5 yanvar - Kubok bahsida "Gillingem", 12 yanvar - "Xaddersfild" va 19 yanvar kuni "Nyukasl"ga qarshi o'yin o'tkazadi.


Manba: sport.akipress.org