Fil Nevill Angliya ayollar terma jamoasini boshqaradi

“Manchester Yunayted” va “Everton” klublari sobiq yarim himoyachisi Fil Nevill Angliya ayollar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

41 yoshli mutaxassis bilan Evro-2021 musobaqasi yakuniga qadar bitim tuzildi.Bu Nevilning bosh murabbiy va ayollar futbolidagi debyut ishi bo'ladi. Ilgari u “Manchester Yunayted” va “Valensiya” murabbiylar shtabida akasi Gari Nevilga assistentlik qilgandi.


Manba: Англия ФА расмий сайти