FIFA Arab Kubogi. Beshta jamoa chorak final masalasini hal qildi

Xayrulla Xoliqov
5 dek 2021
Qatarda bo'lib o'tayotgan FIFA Arab Kubogining chorak final ishtirokchilari ma'lum bo'lyapti.

Ikkinchi tur yakunlariga ko'ra, Qatar, BAA,Marokash, Misr va Jazoir terma jamoalari keyingi bosqichga yo'l olishdi. Barcha jamoalar hisobida 6 ochkodan bor. Faqat shunisi aniqki, Qatar guruh bahslarini birinchi o'rinda yakunlaydi. Qolgan jamoalarning qaysi o'rinni egallashi 3-turdan so'ng ma'lum bo'ladi. 

Qatar dastlabki ikki turda Bahrayn va Ummonni, BAA terma jamoasi Suriya bilan Mavritaniyani, Marokash Falastin bilan Iordaniyani, Misr Livan va Sudanni hamda Jazoir Sudan va Livanni mag'lub etdi. 

Guruh bosqichining 3-tur uchrashuvlari 6-7 dekabr kunlari bo'lib o'tadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia