Farhod Moshiri Belsa bilan muzokara o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2023, 02:13
"Everton"ning yangi bosh murabbiyi Marselo Belsa bo'lishi ehtimoli katta.

Ma'lumotlarga ko'ra, "irislar" egasi Farhod Moshiri argentinalik bilan hamkorlik qilish bo'yicha muzokara o'tkazdi. Moshiri 2022 yilning fevralida "Lids"ni tark etgan Belsani "Everton" bosh murabbiyiga aylantirmoqchi.

Kecha, "Everton" Frenk Lempard bilan xayrlashganini e'lon qilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic