

O'shanda uning sobiq klubi “Chelsi” o'z maydonida iroda ko'rsatib, musobaqa g'olibligi uchun kurashayotgan “Tottenxem” bilan durang (2:2) o'ynagandi. Gari Kexill hamda Eden Azarning gollari "aristokratlar"ni mag'lubiyatdan qutqargan va “Lester”ga esa shov-shuvli chempionlikni taqdim etgan edi.
“Ropa-rosa 4 yil muqaddam biz Premer-ligada chempion bo'lgandik. “Lester” uchun”, deya sahifasiga tvit qoldirgan Fabregas.





