Yevropa Ligasi. “Inter” yarim finalga yo'llanmani naqd qildi

11 avg 2020, 02:13
Yevropa ligasi chorak finalida “Inter” “Bayer”dan ustun kelib, musobaqa yarim finaliga yo'l oldi.

Uchrashuvning birinchi bo'lim birinchi yarmidayoq tomonlar o'yin masalasini hal etib qo'yishdi. 15-daqiqada Nikola Barella milanliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, oradan olti daqiqa o'tib Romelu Lukaku oradagi farqni oshirdi. Kay Xavertcning javob goli o'yinda so'nggisi bo'ldi -2:1.

Natijada “Inter” yarim finalga yo'llanmani naqd qildi. Ushbu bosqichda Konte jamoasi “Shaxtyor” – “Bazel” to'qnashuvi g'olibi bilan kuch sinashadi.


Manba: championat.asia