Evro U-21 tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzib chiqildi

Eldor Akmurzayev
16 iyun 2019, 23:05
UEFA rasmiy sayti 21 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Yevropa chempionati tarixidagi eng yaxshi o'yinchilardan tashkil topgan ramziy terma jamoani e'lon qildi.

Ro'yxatdan joy olganlar muxlislar o'rtasidagi so'rovnoma natijasida aniqlandi.

Darvozabon - Manuel Noyer (Germaniya, 2009 yildagi qita birinchiligi) 

Himoyachilar - Branislav Ivanovich (Serbii va Chernogoriya, 2004 hamda 2006 yillar, Serbiya, 2007), Mats Xummels (Germaniya, 2009), Alessandro Nesta (Italiya, 1996), Jorjo Kellini (Italiya, 2006 va 2007 yillar) 

Yarim himoyachilar - Frenk Lempard (Angliya, 2000), Andrea Pirlo (Italiya, 2000 va 2002 yillar), Xavi Ernandes (Ispaniya, 2000), Mesut Ozil (Germaniya, 2009). 

Hujumchilar - Franchesko Totti (Italiya, 1996), Raul Gonsales (Ispaniya, 1996).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA.com