"Everton" Uolkott bilan xayrlashishi mumkin

Aslanov Jasurbek
4 apr 2019, 20:15
"Everton" klubi jamoa yarim himoyachisi Teo Uolkott bilan xayrlashishni o'ylab turibdi.

Jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabining fikricha, futbolchi o'z vazifalarini uddalay olmayapti. U joriy mavsum APL o'yinlarida 4ta golli pas berdi va 1ta gol urdi.

Uolkott 20 mln. funt evaziga "Arsenal"dan sotib olingan edi. Uning haftalik maoshi 110 ming funt.

"Everton" tarkibni yoshartirishni istashi ham Uolkottning kyetishiga sabab bo'lishi mumkin. Ma'lum bo'lishicha, "irislar" sport direktori Marsel Brands yozda 30 yoshli yarim himoyachi o'rniga futbolchi izlashni boshlaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian