"Everton" MYU xavbekiga qiziqmoqda

Alisher
24 avg 2022
"Everton" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jeyms Garner bilan shartnoma imzolashi mumkin.

21 yoshli angliyalikka ushbu yozda "Lester", "Nottingem Forest" va "Tottenxem" qiziqish bildirishdi.

Garner o'tgan mavsumni ijara asosida "Nottingem"da o'tkazdi. U jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 49ta o'yinda 4ta gol va 10ta assist qayd etdi.

Yarim himoyachining manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali o'yinchini 7 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru