Eusebio di Franchesko: “Roma” juda oson gol o'tkazib yubormoqda

17 sen 2018, 07:17
“Roma” bosh murabbiyi Italiya chempionatining 4-turida “Kevo” bilan qayd etilgan 2:2 hisobidagi durangga izoh berdi.

“Biz yutayotgan, o'yinni nazorat qilayotgan edik. Ammo keyin hammasi teskari bo'lib ketdi. Men qoniqish hosil qilmadim. Biz o'yindagi intrigani “o'ldirish”ni o'rganishimiz kerak. Biz juda oson gol qo'yib yuboryapmiz. “Roma” bugun “Kevo”ga deyarli vaziyat yaratishga imkoniyat bermadi. Faqatgina uzoq masofalardan zarbalar bundan mustasno. O'yinni oxirigacha etkazishni o'rganishimiz kerak. Bu kabi bahslar o'yinchilarning o'ziga bo'lgan ishonchiga ta’sir o'tkazishi mumkin. Biz buning ustida ishlashimiz darkor, axir jamoa ayni damda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda”,-deydi Eusebio di Franchesko.


Manba: Football Italia