

Ammo bu Vadim Abramovga ko'p ham ta’sir qilgani yo'q. Biz uning “Bunyodkor”ning o'rtoqlik uchrashuvlarida futbolchilarga ko'rsatma berayotgani masalasiga to'xtalib, uni suratlari bilan namoyish qilgandik.
Shunga qaramay, Vadim Abramov Superliga ilk turida baribir “Bunyodkor” kiyim almashtirish xonasi atrofida paydo bo'ldi. Holat albatta O'zPFL komissarining e'tiboridan chetda qolmadi. Xo'sh, komissar buni o'z raportida qayd etadimi yoki yo'qmi?
Umuman olganda Shuhrat Maqsudovning klubda haqiqiy bosh murabbiy ekaniga ishonish qiyin. Jamoani mavsumga Marat Miftaxutdinov tayyorlagandi. Chempionat boshlanishiga juda oz qolganida Maqsudov bosh murabbiy sifatida tanishtirildi. Bizga ma'lum bo'lishicha, bunga faqatgina bitta sabab bor, u ham bo'lsa, Miftaxutdinovda Pro licenziyasining yo'q ekanligi. Abramov klub ishlarida faol bo'lsa, Miftaxutdinov uning aytganlari asosida klubni boshqarayotgan bo'lsa, matbuot anjumanlarida ishtirok etayotgan Maqsudov aslida ikkinchi shaxs ham bo'lmasligi mumkin.




