Eron chempionati. "Traktor" yirik hisobda g'alaba qozondi, Hamrobekov 78 daqiqa o'ynadi

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2026
Eron Pro ligasi 17-turidan o'rin olgan "Traktor" – "Mes Rafsanjan" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda "Traktor" o'z uyida "Mes Rafsanjan"ni mehmon qilib, 4:1 hisobida zafar quchdi. O'zbekiston terma jamoasi xavbeki Odil Hamrobekov asosiy tarkibda maydonga tushib, 78 daqiqa harakat qildi.

Shunday qilib, "Traktor" 27 ochko bilan 3-o'ringa joylashgan bo'lsa, "Mes Rafsanjan" 11 ochko bilan 16-pog'onani band etib turibdi.

Eron Pro ligasi

17-tur

"Traktor" – "Mes Rafsanjan" 4:1

Gollar: Hussaynizoda 13', Mirzaozod avtogol 56', Ismoilifar 76', Drozdek 83' – Arab 87'


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia