Erkin Boydullaev jarohati tufayli safdan chiqdi

19 apr 2016, 18:29
Qarshining "Nasaf" jamoasi yetakchi futbolchisi Erkin Boydullaev kutilmaganda olgan jarohati tufayli "Al Ayn"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.


"Nasaf" jamoasining tayanch yarim himoyachisi Erkin Boydullaev oyog'idan olgan jarohati bois "Al Ayn"ga qarshi uchrashuvning qaydnomasidan o'rin olmadi. Futbolchining holati hozircha ma'lum emas. Ma'lumotlarga ko'ra, Erkin Boydullaev yaqin kunlarda jarrohlik stoliga yotqizilishi ham mumkin ekan. Uning qay tarzda jarohat olgani hozircha noma'lum.

Qayd etish lozim, bugungi bahsda Boydullaevning o'rnida yosh istedodli yarim himoyachi Aziz G'aniev maydonga tushadi.


Manba: championat.asia