Elkesonning xitoycha ismini bilasizmi?

Xayrulla Xoliqov
24 avg 2019
Xabaringiz bor, braziliyalik hujumchi Elkeson Xitoy terma jamoasida o'ynashga rozi bo'ldi.

"Guangju Evergrand" futbolchisi JCH-2022 saralash bosqichida xitoyliklar libosida to'p tepadi. Darvoqe u xitoycha ism olishga ham ulgurdi: endi uni Elkeson emas, Ay Kesen deb atasak ham bo'laveradi. 

Xitoy terma jamoasida to'p tepishi ma'lum bo'lgach, braziliyalik hujumchi darhol xitoy tilini o'rganishni boshlab yubordi va o'zining yangi ismi Ay Kesenni xitoychada yozishga harakat qildi. Xitoy terma jamoasi 30 avgust kuni Myanmaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Shuningdek, 10 sentyabrda Maldivga qarshi JCH-2022 saralash bahsida maydonga tushadi. Bu o'yinlarga Ay Kesen ham chaqirilgan.

Suratga izoh: Elkeson o'zining yangi ismi Ay Kesenni xitoy tilida yozishga harakat qilyapti


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia