Edin Jeko: "Faoliyatimni tugatmoqchi emasman"

Iskandarov Abdulaziz
9 dek 2022, 10:15
"Inter"ning 36 yoshli hujumchisi Edin Jeko mavsum oxirida faoliyatini yakunlamoqchi emas.

"Men "Inter"da baxtliman. Mashg'ulotlar haqida o'ylayapman. Qolgan ishlar uchun boshqalar javobgar. Faoliyatimni tugatish haqida o'ylamayapman va buni istamayman ham. Men futbolga hali ko'p narsa berishim kerakligini his qilyapman", – dedi Jeko.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Sky Sport Italia