

Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida kechgan bahsda "Real" va "Bavariya" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Uchrashuv myunxenliklarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi. Bahsni ingliz hakami Maykl Oliver boshqarib bordi.
O'yinning 41-daqiqasida Luis Dias hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilan, 46-daqiqada Garri Keyn oradagi farqni ikkitaga oshirishga muvaffaq bo'ldi. "Qaymoqranglilar" safida Kilian Mbappe 74-daqiqada bitta gol bilan javob qaytardi.
“Real” - “Bavariya” 1:2
Gollar: Mbappe 74 - Dias 41, Keyn 46.
"Real": Lunin, Aleksander-Arnold, Ryudiger, Xyoysen, Karreras, Valverde, Pitarch, Tchuameni, Gyuler, Mbappe, Vinisius Junior.
"Bavariya": Noyer, Laymer, Ta, Yupamekano, Stanishich, Pavlovich, Kimmix, Dias, Gnabri, Olise, Keyn.
Jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 15 aprel kuni Myunxendagi "Arena Myunxen" stadionida bo'lib o'tadi. Arbeloa shogirdlari endi safarda faqat g'alaba uchun maydonga tushishlari talab etiladi.



