Zoff: "22 yoshda pul hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lmasligi kerak"

Aslanov Jasurbek
14 iyun 2021, 00:48
"Yuventus"ning sobiq futbolchisi Dino Zoff darvozabon Janluiji Donnarummaning "Milan"dan ketishi haqida gapirdi.

"U buyuklik sari qiyin yo'lni tanladi. Men uni tanlaganida ayblamoqchi emasman, ammo u allaqachon 'Milan'ning yetakchisi bo'lsa, PSJda nima o'zgaradi? Ha, u ko'proq pul ishlashi mumkin, ammo pul 22 yoshda hal qiluvchi narsa bo'lishi kerakmi?" - deydi Zoff.

Donnarumma "Milan" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, uning klub bilan amaldagi shartnomasi iyulda tugaydi. OAVda tobora avj olib borayotgan ma'lumotlarga ko'ra, italiyalik darvozabon faoliyatini PSJda davom ettiradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato