Dunyoning eng yoshi katta futbolchisi faoliyatini Portugaliyada davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
2 fev 2023, 10:21
"Yokogama"ning yaponiyalik hujumchisi Kadzuyosi Miura Portugaliyaga yo'l oldi.

Yaponiya klubi matbuot xizmati 55 yoshli futbolchi ijara asosida joriy mavsum oxirigacha Portugaliya Segundasi vakili "Oliveyrense"da o'ynashini ma'lum qildi.

Bungacha Miura Yaponiyaning 4-divizioni vakili "Suzuka PG" jamoasida o'ynayotgandi.

Miura 5 xil o'n yillikda – 1980, 1990, 2000, 2010 va 2020-yillarda professional darajada futbol o'ynab kelmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: yokohamafc.com