Donovan futbolchilik faoliyatini yakunladi

Aslanov Jasurbek
25 mar 2017, 00:18
“Los Anjeles Gelaksi” klubi hujumchisi Lendon Donovan faoliyatini yakunlanganini ma'lum qildi

2014 yilda ham 35 yoshli futbolchi maydondagi faoliyatini to'xtatgan edi, ammo 2016 yil sentyabrida u yana yashil maydonga qaytgandi.

O'tgan mavsumda u “Gelaksi” tarkibida 10 ta bahsda 1 marta gol urishga erishgan.

Donovan AQSH terma jamoasi tarixidagi eng yahshi to'purar bo'lish bilan birga MLSda ham eng ko'p gol urgan futbolchi hisoblanadi.

U futbolchilik faoliyati mobaynida “Bayer”, “San-Xose Ertkueyks”, “Bavariya” va “Everton klublarida to'p tepgan.

AQSH terma jamoasi tarkibida u uchta jahon chempionati (2002,2006,2010)da to'p tepgan. Terma jamoa tarkibida 156 uchrashuvda 57 ta gol urib, 58 ta gollga assistentlik qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: официальный сайт «Лос-Анджелес Гэлакси»