

Muxbirimiz Islombek Rustambekov legionerimiz bilan bog'lanib, yangi jamoasiga moslashib olishi va umuman uning Malayziyada boshlangan hayoti haqida so'radi.
- Salom, Dilshod aka, kayfiyatlar qalay?
- Rahmat, hammmasi a'lo darajada!
- Yangi jamoa, umuman yangi muhitga ko'nikish jarayonini qanday o'tkazmoqdasiz?
- Bu borada jiddiy qiyinchilik bo'lmadi. Nolishga hojat yo'q.
- “Sime Darbi” futbolchilik faoliyatingizdagi ilk xorij jamoasidir. U yerda e'tiboringizni tortgan jihat nima bo'ldi?
- Jamoada hamma bir-biri bilan juda ham ahil. Eng muhimi ham shu. Futbolchilar bir-biriga dalda bo'lishni juda yaxshi uddalashar ekan.
- Xabaringiz bo'lsa kerak, yaqinda “Sho'rtan” himoyachisi Yaroslav Krushelnickiy ham Malayziya jamoasi bo'lmish “Felda Yunayted” bilan shartnoma imzoladi?
- Ha, buni bilaman. Krushelnickiy Kuala-Lumpurga kelgach, telefon orqali masofadan turib gaplashdik. Lekin hozircha u bilan bu yerda ko'rishish nasib qilmadi.



