Dilshod Nuraliev "Dinamo" - "Neftchi" uchrashuvini kuzatadi

Narzulla Saydullayev
25 sen 2015, 14:23
Bugun oliy liganing 23-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Neftchi" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

"Ushbu o'yinni kuzatish uchun O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi murabbiyi Dilshod Nuraliev ham Samarqandga tashrif buyurgan. Shuningdek, jamoamizning keyingi turdagi raqibi – "So'g'diyona" klubi murabbiylari ham Samarqanddagi o'yinni stadiondan kuzatishadi", - deb yozadi "Dinamo" klubining tvittyerdagi rasmiy sahifasi.

Eslatib o'tamiz, Dinamo - Neftchi klublari o'rtasidagi o'yin soat 16:00da boshlanadi. PFL bergan ma'lumotga ko'ra o'yin soat 16:30da boshlanishi kerak edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia