Dilshod Jo'raev: “Metallurg” kuchli jamoa, ammo biz g'alaba qozonmoqchimiz”

Narzulla Saydullayev
21 okt 2016, 16:00
"Andijon” - “Metallurg” uchrashuvi oldidan mezbonlar yarim himoyachisi Dilshod Jo'raev o'z fikrlarini bildirdi.
“Bundan avvalgi turda “Sho'rtan” jamoasidan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng 17 oktyabr kuni o'z qarorgohimizda yig'ildik. Mashg'ulotlarda ko'proq taktikaga e'tibor qaratyapmiz.

“Metallurg” kuchli jamoa hisoblanadi. Ularda jamoaviy o'yin bor. Biz ayni damda xavfli zonada bormoqdamiz. Har bir ochko bizga suv va havodek zarur. Jamoamizning oliy ligadan quyi ligaga tushib kyetishi xavfi bor. Qolgan uchrashuvlarda ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q. Nasib qilsa faqat g'alaba qozonishga harakat qilamiz”, - deydi Dilshod Jo'raev.

Jahongir Sotvoldiev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia