Diarra: "Real"ga qarshi kurash yakunlangani yo'q"

Aslanov Jasurbek
18 fev 2018
PSJ yarim himoyachisi Lassana Diarra "Strasburg"ga qarshi Fransiya chempionatining 26-tur uchrashuvi (5:2) haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, bu o'yindan oldin parijliklar "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvida mag'lub bo'lgan (1:3) edi.

"Bu ajoyib g'alaba bo'ldi. Yana zafarli yo'lga qaytish muhim edi. Chorshanbada nima bo'lganini bilamiz - bu futbol, ammo kurash yakunlangani yo'q. Biz har bir bahsda g'alaba qozonishni istaymiz. Shaxsan o'zimga to'xtaladigan bo'lsak, o'zimni yaxshiroq his qilib boryapman. Bizni uzoq yo'l kutib turibdi, ammo hammasi yaxshi" - deydi Diarra.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com