Danso yo'q! Abduqodir Husanov uchun yo'l ochildimi?

Narzulla Saydullayev
29 avg 2024
Bugun tunda Fransiyaning "Lans" klubi Konferenciyalar ligasi pley-off bosqichida o'yin o'tkazadi.

Gretsiyada "Panatinaykos" mehmoni bo'ladigan "Lans" klubining bo'lajak bahs uchun qaydnomasi e'lon qilindi. Ro'yxatda kuni kecha Rimga yetib borgan markaziy himoyachi Kevin Danso yo'q. Danso tez orada "Roma" klubi bilan shartnoma tuzadi. 

Bugungi o'yin qaydnomasida O'zbekiston terma jamoasi himoyachi Abduqodir Husanov bor va u juda katta ehtimol bilan aynan Dansoning o'rniga asosiy tarkibda maydonga tushadi. Dansodan tashqari o'tgan uchrashuvda qizil kartochka olgan Medina ham bugungi bahsni o'tkazib yuboradi.

Ma'lumot uchun, "Lans" uyida o'tgan birinchi bahsda 2:1 hisobida Fransiya klubi g'olib bo'lgan edi. 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia