Daniel Alves: Tarixga kirishi uchun Buffonga YCHL sovrini kerak emas

Narzulla Saydullayev
17 iyun 2017, 09:12
Yuventus himoyachisi Daniel Alves Janluiji Buffonni maqtadi.

Buffon - haqiqiy professional. Yevropa chempionlar ligasi - bu shunchaki sovrin. Buffon birgina sovrinsiz tarixga kira olmaydi deb o'ylamayman.

U afsona, statistika buni tasdiqlamoqda. Buffon doim Buffon bo'lib qoladi.

Final o'yini biz YCHL g'olibligiga loyiq emasligimizni ko'rsatdi. Biz skudettoni yutdik, ammo bu YCHL emas, - deydi Alves.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net