Dani Alvesh endi APLda o'ynamoqchi

Aslanov Jasurbek
18 may 2019, 13:47
PSJ himoyachisi Daniel Alvesh Parij klubi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni to'xtatdi.

36 yoshli braziliyalik futbolchi Angliya chempionatiga o'tish niyatida.

- Men hozirgi vaqtda kelajagim borasida aniq qaror qabul qilmadim. Ammo, shuni ayta olamanki, menda juda ko'p takliflar bor, - deydi Alvesh.

Dani Alves faoliyati davomida Ispaniya, Italiya chempionatlarida o'ynagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UOL Esporte