"Chelsi"ga Uche kerak

Narzulla Saydullayev
1 noya 2024
"Xetafe" yarim himoyachisi Kristantus Uche faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, yosh futbolchiga Londonning "Chelsi" klubi qiziqib qolgan. Bu mavsum Uche La Ligada 11 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

2003 yil tug'ilgan nigeriyalik futbolchini transfermarkt portali 5 million evroga baholamoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: x.com/deadlinedaylive