"Chelsi" Silvaning "Fluminense"ga qaytishiga qarshilik qilmaydi
Sherzod Nurmatov
13 may 2023, 16:13
"Chelsi" himoyachi Tiago Silvaning "Fluminense"ga o'tishiga qarshi emas.
Futbolchi londonliklar yozgi transfer oynasida sotmoqchi bo'lganlar ro'yxatida yo'q, ammo ular braziliyalikning vataniga qaytish istagiga xalaqit bermaydi.
38 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi.