"Chelsi" futbolchisi "Monako"ga o'tadi

Mirjalol Normatov
8 avg 2022, 23:29
"Chelsi" himoyachisi Malang Sarr faoliyatini "Monako"da davom ettiradi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, klublar futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishgan. Himoyachi 15 million evro evaziga sotib olish huquqi bilan "Monako"ga ijaraga beriladi.

Malang tibbiy ko'rikdan o'tib, shartnoma imzolash uchun Monakoga otlangan. Monegasklar futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. O'tgan mavsumda Malang APLning 8 o'yinida qatnashib, 2 sariq kartochka oldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic