"Chelsi" futbolchisi "Lacio"ga o'tish arafasida

Mirjalol Normatov
7 yanv 2019, 14:44
"Chelsi" himoyachisi Davide Zappakosta yaqin vaqtlar ichida "Lacio" a'zosiga aylanadi.

"Il Messaggero" xabariga ko'ra, rimlik "burgut"lar 26 yoshli futbolchini 15 million evroga sotib olish sharti bilan ijaraga olishadi.

Bu mavsumda Dzappakosta "Chelsi" tarkibida 10 o'yinda qatnashib, 2 golga assistentlik qildi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Il Messaggero