CAFA'ga yangi prezident saylandi va tashkilot shtab-kvartirasi endi Toshkentda bo'lmaydi

Narzulla Saydullayev
24 apr 2019, 15:21
Bugun Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasining navbatdagi Kongressi bo'lib o'tdi.

Xayatt Rejensi Dushanbe mehmonxonasida o'tgan Kongressda Tojikiston futbol Federatsiyasi prezidenti Rustam Emomali CAFA (Central Asian Football Association) yangi prezidenti etib saylandi.

Bundan tashqari Kongressda Qirg'iziston futbol Federatsiyasi vice-prezidenti Dastanbek Konokbaev CAFA birinchi vice-prezidenti etib saylandi. Turkmaniston futbol Federatsiyasi bosh kotibi Arslan Aynazarov CAFA vice-prezidentiga aylandi.

Markaziy Osiyo futbol Assotsiatsiyasi Shtab-kvartirasi Toshkent shahridan Dushanbega ko'chib o'tadi.

2014 yil iyun oyida tashkil topgan CAFA olti davlat futbol Assotsiatsiyasini birlashtirib turadi: Afg'oniston, Eron, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia