"Buxoro" va murabbiylar o'rtasida yana mojoro kelib chiqdi

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2022, 11:22
Usmon Toshev taklifiga ko'ra "Buxoro" jamoasi bilan 5 yiliik bitimga imzo chekkan mutaxassislar bilan muammo kelib chiqdi.

Gap shundaki, klub natija ko'rsata olmagach, Usmon Toshev jamoadan ketgan. U bilan kelgan "Ko" bilan xayrlashishni maqsad qilgan jamoaning oldida muammo kelib chiqdi. Murabbiylar esa faqatgina 5 yillik maoshni to'lab berish sharti bilan "Buxoro"dan kyetishlarini bildirganlar.

Bizga ma'lum qilinishicha, murabbiylar ichida chet el fuqarorlari ham bor. O'zbekistondan esa "Bunyodkor" va "Paxtakor" akademiyasidagi faoliyati bilan tanish bo'lgan Baxtiyor Dadamatov.

Buxorodan kelgan xabarlarga ko'ra, mutaxassis jamoadan 5 yillik tovon pulini talab qilgan. Bu 916 000 000 so'm (to'qqiz yuz o'n olti million). Inqirozga tushib qolgan jamoa murabbiyga o'zi ishlagan 4 oyligi va yana qo'shimcha 4ta maosh berishni maqsad qilgan. Yakunda qo'mita murabbiyning foydasiga 135 000 000 so'mlik tovon puli jarimasini chiqarib bergan.

Qizig'i shundaki, 1 yillik shartnomalarga ko'nikib qolgan futbolimizda birinchi marotaba 5 yillik kelishuvga guvoh bo'ldik.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia