“Bunyodkor” bugun “Sumgait” (Ozarbayjon) bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2014, 08:29
“Bunyodkor”ning Turkiyadagi uchinchi raqibi Ozarbayjonning “Sumgait” klubi bo'ladi.
“Sumgait” futbol klubi 2010 yilda tashkil etilgan bo'lib, qisqa vaqt ichida Ozarbayjon chempionatining oliy ligasiga yo'llanma olgan. Ayni paytda ushbu klub 2014/2015 yilgi mavsumga tayyorgarlik olib bormoqda.

“Bunyodkor” va “Sumgait” klublari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bugun “Green Park Kertepe” majmuasi maydonida Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com