Bundesliga. "Bavariya" mehmonda "Leyptsig"ni tor-mor keltirdi

Aslanov Jasurbek
12 sen 2021, 00:05
Germaniya chempionati 4-turi doirasidagi "RB Leyptsig" – "Bavariya" uchrashuvi o'tkazildi.

Ushbu uchrashuvda "RB Leyptsig" jamoasi "Bavariya"dan to'rtta to'p qabul qilib oldi va bir bor raqib darvozasini ishg'ol qilishga erishdi.

"RB Leyptsig" – "Bavariya" 1:4 

11 sentyabr, 21.30, Red Bull Arena Leyptsig

Gollar: 0:1 – 12, penalti Levandovski, 0:2 – 47 Musiala, 0:3 – 54 Sane, 1:3 – 58 Laymer, 1:4 – 90 Shupo-Moting.

"RB Leyptsig" – Gulachi, Mukiele, Orban (Klostermann, 80), Simakan, Anxelino (Gvardiol, 58), Kampl, Laymer (Aydara, 58), Nkunku, Olmo (Forsberg, 58), Soboslai, Andre Silva (Poulsen, 71).

"Bavariya" – Noyer, Pavar (Zyule, 75), Ernandes, Upamekano, Devis, Goretcka (Zabitcer, 59), Kimmix, Myuller (Stanishich, 75), Levandovski (Shupo-Moting, 59), Gnabri (Musiala, 45), Sane.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia