Bundesliga. Bankrotlik yoqasidagi ilk klub nomi ma'lum bo'ldi

Alisher
25 apr 2020, 10:44
Nemis matbuoti "Verder" klubining katta moliyaviy qiyinchiliklarga uchrayotgani haqida xabar bermoqda.

Rasmiylar esa bu ma'lumotlarni rad etmoqda. Shu bilan birga "Verder" klubi kredit olayotgani to'g'risida ham xabarlar mavjud.

Klub bankdan o'nlab million evro qarz olishga majbur. Bremenliklarning moliyaviy ahvoli juda ham yomon.

"Verder" so'nggi bor 2004 yilda Germaniya chempionatini yutgan. Ushbu mavsumda esa chempionatda qolish uchun kurash olib bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: bild.de