Bugun Qatar kubogi finalida "Al Jayish" "Lahviya" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
29 apr 2016, 11:17
Bugun Sardor Rashidov to'p tepayotgan "Al Jayish" klubi Qatar kubogi finalida "Lahviya"ga qarshi o'ynaydi.

Qatar kubogida Yulduzlar ligasida dastlabki to'rt o'rinni egallagan klublar ishtirok etishdi. Mamlakat chempioni "Al Rayyan" klubi qur'aga ko'ra yarim finalda to'rtinchi o'rinni egallagan "Lahviya"ga qarshi o'ynadi. Unda "Bunyodkor"ning OCHLdagi raqibi "Lahviya" klubi 3:1 hisobida zafar quchdi.

Hamyurtimiz Sardor Rashidov to'p tepayotgan "Al Jayish" bronza medalga ega chiqqan Xavi boshchiligidagi "Al Sadd" klubi bilan kuch sinashdi. Bu bahsda "Al Jayish" g'olib bo'ldi - 3:2.

Bugun yarim final g'oliblari Doxa shahridagi "Jassim Bin Hamad" stadionida bosh sovrin uchun maydonga tushishadi. Eslatib o'tamiz, Rashidov bu mavsumda "Al Jayish" bilan birga Qatar Yulduzlar ligasida kumush medallarni qo'lga kiritgandi. Bugungi o'yinda ham Rashidov va uning jamoasiga g'alaba yor bo'lishini tilaymiz.

Qatar kubogi. Final
29 aprel 2016. Doxa. "Jassim Bin Hamad" stadioni. 19:15 (Toshkentda 21:15)

"Lahviya" - "Al Jayish"


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia