"Brentford" forvardi APLda yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Sherzod Nurmatov
13 fev 2026, 17:15
24 yoshli Tiago yanvar oyida Angliya chempionatida 5 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi.

U 20-turda "Everton" bilan o'yinda (4:2) xet-trikni rasmiylashtirdi va 21-turda "Sanderlend"ga qarshi bahsda (3:0) dubl qayd etdi.

Bugun, 13 fevral kuni Igor Tiago "Brentford" bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirgani ma'lum bo'ldi.

Igor Tiago APL joriy mavsumida 26 o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Shuningdek, uning hisobida Angliya Liga Kubogida 1 o'yin va 1 gol bor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com