

Bu haqda otasi ko'milgan joyda xotira marosimi o'tkazmoqchi bo'lgan futbolchining qizi Rozanjele dus Santos ma'lum qilgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, bir necha yil oldin ushbu oilaning boshqa bir a'zosi tomonidan Garrinchaning qoldiqlari Rio-de-Janeyroga ko'chirilgan.Ammo Garrinchaning farzandlariga bu haqida ma'lum qilinmagan, shu bilan birga, ko'chirishni tasdiqlovchi birorta ham hujjat saqlanib qolmagan.
Hozir qabriston xodimlari Garrinchaning qoldiqlari qaerga jo'natilganini bilmaydi.

