Braziliya o'rtoqlik bahsida Panamani mag'lub eta olmadi

24 mar 2019, 00:11
Braziliya va Panama terma jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

Uchrashuvda Lukas Paketa Braziliya termasi safidagi ilk golini urishga erishdi. Ammo, bu pentakampionlarning g'alabasiga etarli bo'lmadi. Machado hisobni tenglashtirdi va bahs 1:1 hisobida o'z nihoyasiga etdi.  

Braziliya – Panama 1:1 (1:1, 0:0)

Dragau

Gollar: 1:0 – 32 Lukas Paketa, 1:1 – 36 Machado.

Braziliya – Ederson, Fagner, Miranda, Telles, Eder Militao, Artur (Felipe Anderson, 72), Lukas Paketa (Everton, 60), Koutino, Kazemiro, Risharlison, Firmino (Gabriel Jezus, 60).

Panama – Mexiya, Machado, Murilo (Blekmen, 85), Eskobar, Devis, Kuper (Walker, 82), Rodriges (Arroyo, 89), Kintero (Braun, 85), Godoy (Vargas, 90), Kammingz, Torres (Faxardo, 74).

Ogohlantirishlar: Kammingz (26), Risharlison (35), Mexiya (73).

Paketa yangi Kaka bo'la oladimi? Kakaning o'zi bunga ishonmoqda. U biladi



Manba: championat.asia